Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi
Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Senatning oʻn birinchi yalpi majlisini 2025-yil 31-oktyabr kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Yalpi majlis kun tartibiga jamiyat hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning dolzarb masalalariga oid qator qonunlar kiritilgan.
Xususan, “Pirotexnika buyumlarining muomalasi toʻgʻrisida”gi, “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi, “Kam taʼminlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar, shuningdek, sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga doir qonun koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, yoqilgʻi-energetika sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlarini kuchaytirishga, valyuta va qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishga, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini takomillashtirishga, ijro ishini yuritish tartibini soddalashtirishga hamda agrar va ekologiya sohalaridagi qonunchilikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qonunlar ham muhokama qilinadi.
Shuningdek, yalpi majlisda senatorlar tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, dala chetlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimini yaxshilashga oid qonunlar ham koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z. Maxkamovaga mamlakatda oila institutini mustahkamlash va ajrimlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan parlament soʻrovi yuborish masalasi ham kun tartibidan oʻrin olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring