Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtmoqda
Yalpi majlisda dastlab “Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni uchinchi oʻqishda koʻrib chiqilmoqda.
Qonun loyihasida tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilanyapti. Sohada qoʻllanilib kelinayotgan tushunchalarning mazmun-mohiyati ochib berilmoqda.
Shuningdek, loyihada nazarda tutilayotgan normalar bilan uyushgan holda ishga joylashtiriladigan fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolarni reintegratsiya qilish tartibi tizimlashtiriladi.
Majlisda qonun uchinchi oʻqishda qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, yalpi majlis “Oʻzbekiston”, “UzReport” telekanallari, Qonunchilik palatasining feysbukdagi sahifasi hamda “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarining youtubedagi kanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring