“Old Trafford” stadionida iftorlik tashkil etildi
Illyustrativ foto
Kecha, 27-fevral kuni Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi oʻz uy stadioni — “Old Trafford”da musulmon muxlislari uchun iftorlik tashkil qildi. Bu haqda klub oʻzining rasmiy sahifasida maʼlumot berdi.
“Klub rahbariyati musulmon muxlislari uchun iftorlik dasturxoni yozdi va ushbu marosimga jamoadagi musulmon futbolchilar ham jalb etildi”, — deyiladi klub xabarida.
Kun davomida “Old Trafford” stadioni uzra azon ovozi yangrab, muxlislar jamoat boʻlib namoz oʻqishdi. Iftorlik yakunida duoga qoʻl ochildi. “Manchester Yunayted” klubi muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan barcha musulmonlarni yana bir bor tabrikladi.
Maʼlumot uchun, mazkur tadbir jamoa tomonidan birinchi marta tashkil etilayotgani yoʻq. 2025-yilda ham “Manchester Yunayted” oʻzining musulmon muxlislari uchun iftorlik dasturxonini yozgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring