“Oynalari ochiq boʻlsa ham farzandingizni avtomobilda qoldirmang”: Poytaxt IIBB havoning keskin isishi tufayli ota-onalarni hushyorlikka chaqirdi
Ayni kunlarda havo haroratining keskin ortib borayotgani tufayli Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ota-onalarga murojaat bilan chiqdi.
“Kunduzgi vaqtda havo harorati keskin ortib bormoqda. Bunday paytda yosh bolalar va keksa kishilarni jazirama taʼsiridan muhofaza qilish maqsadga muvofiqdir. Farzandlaringizni, oynalari ochiq boʻlsa ham avtomashina salonida qoldirmang”, deyiladi boshqarma murojaatida.
Shuningdek, “Oʻzgidromet” yangi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini ham eʼlon qildi. Maʼlum boʻlishicha, 5-7-may kunlari ayrim hududlarda havo harorati 40 darajagacha koʻtarilishi mumkin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-mayda 15-20 daraja, 6-7-mayda 18-23 daraja, kunduzi 5-6-mayda 32-37 daraja, 7-mayda 30-35 daraja issiq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq boʻladi.
Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 5-mayda 30-35 daraja, 6-7-mayda 32-37 daraja issiq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja issiq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring