OITS bilan kasallanish holatlari 10 foizga kamaydi
Illustrativ foto
Prezidentimiz boshchiligida ftiziatriya va pulmonologiya sohasini rivojlantirish, OIT kasalligining oldini olish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazilgani haqida xabar bergandik.
Unda davlatimiz rahbarining 2019-yil 13-fevraldagi qarori bilan ftiziatriya va pulmonologiya yordami koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qabul qilingan chora-tadbirlar sezilarli natija bergani qayd etildi.
Jumladan, yurtimizda:kasallanganlar umumiy soni 2 mingtaga, yangi xastalanish koʻrsatkichlari 10 foizga, oʻlim holatlari 17 foizga kamaydi.
Lekin soʻnggi yillarda koronavirus epidemiyasi sababli yurtimizda oʻpka kasalliklari boʻyicha dispanser nazoratidagi bemorlar soni 18 foizga oshgan.
Hududlarda tuberkulyoz boʻyicha 5 xil yuqori texnologik jarrohlik amaliyotiga talab boʻlsada, bu xizmatlar faqat Toshkent va Nukus shaharlarida toʻliq yoʻlga qoʻyilgan.
Odam immuniteti tanqisligi virusi bilan kasallanish holatlari ham, afsuski, koʻpaymoqda. Bu, ayniqsa, Toshkent shahri, Andijon va Samarqand viloyatlarida dolzarb.
Shu bois yigʻilishda mazkur ikki sohadagi navbatdagi chora-tadbirlar mutaxassislar ishtirokida muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring