Oʻgʻirlangan “Damas”da YTH sodir etgan shaxs ushlandi
2021-yil 5-iyun kuni soat 17:00dan 19:00ga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida, 23 yoshli Sh.A. (erkak) Yashnobod tumani Nigora 2-tor koʻchasi 68-uy oldida 49 yoshli A.A.ga (erkak) tegishli “Damas” rusumli avtomashinasini ochiq holda qarovsiz va kaliti oʻt oldirgichda qoldirilganidan foydalanib, nomaʼlum tomonga olib qochib ketgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, 23 yoshli Sh.A. avtomashinani Bektemir tumani Ohangaron shox koʻchasi boʻylab boshqarib ketayotgan vaqtida “Nexia-2» rusumli avtomashina bilan toʻqnashuv sodir etib, voqea joyidan yashirinmoqchi boʻlganida ushlangan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan 23 yoshli Sh.A.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va Sh.A. protsessual tartibda ushlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring