“Ogʻir” mahallalarda kichik quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish uchun 110 mln dollar ajratiladi
“Ogʻir” mahallalarda kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish orqali kambagʻal oilalarni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qarori (PQ–51-son, 09.02.2026-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Ogʻir” mahallalarga daromad keltiradigan aktiv sifatida 300–500 kVt soat quvvatdagi kichik quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish hamda mazkur loyihani moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan 110 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratilishi qonunchilik hujjatlarida belgilab qoʻyilgan.
Mazkur qarorga koʻra, 1 oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi kiritilishi belgilangan:
- kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish ishlarini qonunchilikda belgilangan tartibda loyihalashtirish, davlat ekspertizasidan oʻtkazish, tender asosida pudrat tashkilotini aniqlash hamda qurilish-montaj ishlarini tashkil etish;
- kichik quyosh elektr stansiyalarini foydalanishga qabul qilish hamda boshqarish;
- kichik quyosh elektr stansiyalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlash.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring