Ogʻir atletikachilarimiz Turkiya safariga joʻnab ketishdi
Bugun erta tongda ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi navbatdagi yigʻinga yoʻl oldi. Jamoamiz bu galgi mashgʻulotlarni Turkiyaning Antalya shahrida oʻtkazadi.
Yigʻin 7-iyunga qadar davom etib, joriy yilning avgust oyida Turkiyaning boshqa bir shahri Konyada oʻtadigan Islom Birdamligi oʻyinlariga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi. Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi mutasaddilarining qoʻshimcha qilishicha, sportchilarimiz shu paytgacha bazaviy mashgʻulotlarni olib borishgan boʻlsa, ushbu yigʻinda maxsus texnik tayyorgarlikka eʼtibor qaratiladi.
Tarkibda Olimpiada chempionlari Ruslan Nurudinov, Akbar Joʻrayev, jahon chempionlari Doston Yoqubov, Tursunoy Jabborova, Olimpiya oʻyinlari ishtirkchisi Adham Ergashev kabi nomdor vakillarimizni uchratish mumkin. Mashgʻulotlarni Bahrom Mendiboyev va Joʻrabek Zoirov olib borishadi. Toʻliq tarkib:
Sportchilar:
Adhamjon Ergashev
Doston Yoqubov
Husinboy Matrasulov
Muhammadqodir Toshtemirov
Hojiakbar Olimov
Sarvarbek Zafarjonov
Sunnatilla Oʻsarov
Qurbonmurod Namozov
Sharofiddin Amriddinov
Ruslan Nurudinov
Akbar Joʻrayev
Mirhosil Mirzaboyev
Jamila Panfilova
Tursunoy Jabborova
Rigina Adashboyeva
Trenerlar:
Bahrom Mendiboyev
Joʻrabek Zoirov
Massajchi: Obiddin Muslimov
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring