Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish ishlarining holati qanday?
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda komissiya aʼzolari, mutasaddi vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Oliy Majlis Senati Raisi, Milliy komissiya raisi Tanzila Norboyeva olib borgan yigʻilishda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida 2021-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, koʻrilgan choralar hamda sohalarda saqlanib qolayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, shu yilning oʻtgan davri mobaynida majburiy mehnat, bolalar mehnatiga barham berish hamda fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlash maqsadida bu boradagi qonunchilikni mustahkamlash hamda qonunchilik bazasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish ishlari izchil davom ettirildi.
Xususan, 14
Shu bilan birga, farzand asrab olish tartiblarini soddalashtirishga qaratilgan hujjat imzolandi. Unga koʻra, ijtimoiy ahamiyati katta boʻlmagan, uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni sodir etgan va jazo muddatini oʻtaganlarga ham farzand asrab olishga ruxsat berildi.
Yigʻilishda odam savdosiga qarshi kurashishda davlat idoralari va fuqarolik jamiyati institutlari saʼy-harakatlari bilan manzilli ishlar amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Mazkur yoʻnalishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish va amaliyotni xalqaro standartlarga moslashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar xalqaro hamjamiyat tomonidan keng eʼtirof etilmoqda.
Ishtirokchilar tomonidan odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash borasida ijobiy natijalarga erishilishiga qaramasdan, joylardagi ayrim rahbarlar masʼuliyatsizligi va eʼtiborsizligi sababli hali ham ayrim muammolar saqlanib qolayotgani qayd etildi.
Yigʻilish doirasida AQSH Mehnat vazirligi tomonidan joriy yilda eʼlon qilingan “Bolalar mehnatining eng yomon shakllari toʻgʻrisida”gi yillik hisobot hamda unda Oʻzbekiston eʼtibor qaratishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan bildirilgan tavsiyalar muhokama qilinib, ularni amaliyotga
Oʻz navbatida, amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha tegishli vazirlik va idora rahbarlari, shuningdek, hududiy komissiyalar raislarining axborotlari eshitildi.
Muhokama qilingan masalalar yuzasidan Milliy komissiyaning tegishli qarori qabul qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring