Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy maʼruzachi instituti taʼsis etildi

“Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–210-son, 21.12.2023 y.) qabul qilindi.
Farmon bilan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya etib qayta tashkil qilindi.
Milliy komissiya:
— ichki ishlar vaziri – Milliy komissiya raisining oʻrinbosari rahbarlik qiladigan Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kichik komissiyadan;
— kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri – Milliy komissiya raisining oʻrinbosari rahbarlik qiladigan Munosib mehnat masalalari boʻyicha kichik komissiyadan iborat boʻladi.
Farmon bilan Milliy komissiyaning asosiy vazifalari belgilandi.
Milliy komissiya, jumladan, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlangan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, munosib mehnat tamoyillarini, xalqaro mehnat standartlarini keng joriy etish, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarga rahbarlik qilish vazifasi yuklandi.
Farmonga koʻra, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha milliy maʼruzachi instituti negizida Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy maʼruzachi instituti taʼsis etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring