Odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi oʻzgartirishlarga koʻra, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun belgilangan jazolar kuchaytirildi. Bu oʻzgartirishlar 2025-yil 19-may kuni qabul qilingan “Odam savdosi jinoyati uchun jazoni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qonun bilan amalga oshirildi.
Yangi tahrirga binoan, Jinoyat kodeksining 135-moddasida odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlar asosida yoki jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan, yashirgan yoki yoʻq qilgan holda sodir etgan shaxslar endi 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Avval bu jinoyat uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan edi.
Shuningdek, agar odam savdosi jinoyati jabrlanuvchining oʻlimiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, bunday holatlarda jinoyatchilar 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi. Ilgari esa bu kabi ogʻir oqibatli holatlar uchun 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan edi.
Mazkur qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Ushbu oʻzgartirishlar odam savdosiga qarshi kurashda yanada qatʼiy choralar koʻrilishini taʼminlashga va fuqarolarning hayoti hamda shaʼnini himoya qilishga qaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring