Ochiq osmon ostidagi konsert dasturi Sirdaryoda qanday oʻtdi? (Fotoreportaj)


“XALQ SOʻZI ONLINE”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Gulistondagi Toʻra Sulaymon nomidagi amfiteatrda “Open Air.Silk road symrfony” loyihasi boʻyicha konsert dasturi namoyish qilindi.
Konsertda Milliy simfonik orkestr, taniqli va yosh solistlar jahon hamda oʻzbek kompozitorlarining mashhur asarlari, kinofilm, serial musiqalaridan namunalar ijro etdilar.
“Hali musiqa sehridan bunchalik hayratga tushmagan edim. Ochiq osmon ostida namoyish qilingan, jonli ijrodagi konsertning oʻzgacha jozibasi borligini his etdim”, - deydi ishtirokchilardan biri Guliston davlat universiteti talabasi Dilnavoz Himmatova.
Tashkilotchilar tomonidan maʼlum qilinishicha, mazkur badiiy tadbir mamlakatimizning yana 4 ta shahri — Jizzax (20 sentyabr), Samarqand (22 sentyabr), Navoiy (24 sentyabr), Buxoro (26 setnyabr)da ham boʻlib oʻtadi.
Ushbu konsert loyihasi dastlabki dasturi 14 sentyabr kuni Toshkentda oʻtkazilgan.





Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring