“Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” koʻrik-tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichi oʻtkazildi

Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Obod xonadon – obod koʻcha – obod mahalla” tamoyillari asosida tashkil etilgan tanlovning tuman-shahar bosqichlarida viloyatdagi 239 ta mahalla, 700 nafardan ortiq koʻchaboshi, 1200 nafarga yaqin xonadon egasi ishtirok etdi. Koʻrik-tanlov mahalladagi obodlik va farovonlikni taʼminlash, aholi daromadini oshirish, milliy qadriyat hisoblangan qoʻni-qoʻshnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.
— Ushbu tanlov mahalla faollari hamda fuqarolarning hamjihatlikda ish olib borishida muhim omil boʻlmoqda, — deydi Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi Uygʻun Xatamov. — Shuningdek, yoshlarning milliy qadriyatlar ruhiyatida kamol topishida ham katta ahamiyat kasb etayotir.
Tanlovning uch yoʻnalish boʻyicha viloyat bosqichidagi oʻzaro bellashuvning yakuniy natijalarga koʻra birinchi oʻrin Shirin shahrining Vatanparvar mahallasi, uning “Xalqlar doʻstligi” koʻchasi hamda mazkur mahalladagi namunali xonadon egasi Dilfuza Qurbonovaga nasib etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring