“Obihayot”da yangi hayot nafasi
Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Keyingi yillarda Pop tumanining chekka hududlaridan hisoblangan “Obihayot” mahallasining qiyofasi oʻzgarib, aholining kundalik hayotdan roziligi ortib borayotir. Buni mahalla obodligi, xususan, ijtimoiy infratuzilmaga alohida eʼtibor qaratilib, odamlar uchun munosib turmush sharoiti yaratib berilayotganligi bilan izohlasa toʻgʻri boʻladi.
Bir necha yil avval bu yerda aholini toza ichimlik suvi bilan toʻliq taʼminlashga erishilgan edi. Obihayotliklar “Tashabbusli byudjet”ning oldingi ikki mavsumida gʻolib chiqib, ichki yoʻllarning 6 kilometriga asfalt yotqizildi. Endilikda Jahon banki tomonidan ajratilgan mablagʻ hisobiga barcha koʻchalar toʻliq asfaltlanmoqda.

— Moliyaviy muassasaning 2,5 milliard soʻmlik koʻmagi bilan boshqa zarur masalalarimiz, masalan, elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash, yoshlar uchun ministadion qurish vazifalari ham ijrosini topadigan boʻldi, — deydi MFY raisi Toʻlqinjon Joʻrayev.
Ayni paytda rejaga kiritilgan yumushlar tezkorlik bilan amalga oshirilayotir. Xususan, ikkita quvvat transformatori, 270 dona yangi tayanch ustunlari oʻrnatish, 11,5 kilometr masofaga yopiq uzatish kabellarini tortish jadal boryapti. Bir milliard soʻmlik qiymatdagi sport inshooti ham koʻzga tashlanib qoldi. Uzogʻi bilan uch oy ichida nihoyasiga yetkaziladigan yangilanish tadbirlari “Obihayot”ni tumanning eng obod va fayzli goʻshalaridan biriga aylantiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring