Oʻba “Turizm qishlogʻi” nomiga nima sababdan munosib koʻrildi?
Yetti avliyo qadamjosining ikkitasi - Xoja Ali Romitaniy va Xoja Muhammad Boboyi Samosiy ziyoratgohlari Romitan tumanida joylashgan.Ulardan yil boʻyi uzoq - yaqindan keluvchilar qadami uzilmaydi. Odatda, sayyohlaru ziyoratchilar Oʻba qishlogʻi orqali shu ikki muqaddas goʻshaga kirib borishadi.
-Aynan shu jihat koʻhna Oʻbaga “Turizm qishlogʻi” maqomi berilishiga sabab boʻldi,- deydi xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Atoyeva.- Gap shundaki, bu ikki qadamjo mazkur qishloqdan qoʻl choʻzsa yetgudek masofada. Qolaversa, sayyohlar qiziqishiga sabab boʻlayotgan qadimiy Boʻrontepa, u yerda tashkil etilgan “ Bukhara Desert Oasis & SPA“ turistik klasteriga ham shu qishloqdan oʻtib boriladi.Shuningdek, Oʻba va unga yondosh qishloqlarda kashtachilik, milliy taomlar tayyorlash, agroturizm yoʻnalishi uchun jozibador sanalgan anor, anjir yetishtirish borasida asrlar osha boy tajriba toʻplangan.
Yaqinda turizm sohasi masʼullari, mahalliy tur –operatorlar, jamoatchilik vakillari ishtirokida bu goʻshaning sayyohlik salohiyati namoyish etildi, ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qiladigan kelishuvlarga erishildi va mutasaddilarga Turizm qoʻmitasi tomonidan Oʻba turizm qishlogʻi deya eʼtirof etilgan maxsus sertifikat topshirildi.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, ayni damda Vobkent tumanidagi Shirin, Kogon tumanidagi Qasri Orifon qishloqlari hamda Gʻijduvon tumanidagi Gʻijduvon Qoʻrgʻoni mahallasi ham shunday maqomga ega.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring