NYT: AQSH Kuba prezidentining isteʼfosiga erishmoqchi
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Kuba yetakchisi Migel Dias-Kanelning lavozimidan ketishiga erishish niyatida. Bu haqda The New York Times nashri oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Nashr suhbatdoshlarining taʼkidlashicha, Vashington hozircha Kuba hukumatining toʻliq isteʼfosini talab qilmayapti, balki asosiy eʼtiborni shaxsan prezident Migel Dias-Kanelni almashtirishga qaratgan.
Amerikalik mulozimlarning fikricha, amaldagi prezident lavozimidan ketsa, Kubada chuqur tarkibiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish imkoniyati tugʻiladi. Dias-Kanelning oʻzi esa bunday keskin oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatlashiga AQSH ishonmayapti.
Xabarda aytilishicha, Kubaning yangi rahbari roliga eng ehtimolli nomzod sifatida Raul Kastroning nabirasi — Raul Gilyermo Rodriges Kastro koʻrilmoqda. U allaqachon muzokaralar jarayonida ishtirok etayotgani aytilmoqda.
Maʼlumot uchun: Kuba hozirda soʻnggi oʻn yilliklardagi eng ogʻir energetik va iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Mamlakatda yonilgʻi tanqisligi sababli elektr taʼminotida tez-tez uzilishlar (blekautlar) kuzatilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring