Nvidia dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi
Nvidianing bozor kapitallashuvi 3,335 trillion dollarni tashkil etdi. Bunga sabab chip ishlab chiqaruvchining aksiyalari 3,5 foizga oshib, 135,58 dollarga yetdi. Shunday qilib Nvidia kompaniyasi Microsoftni birinchi oʻrindan tushirib yubordi.
“Kobeissi Letter” nashriga koʻra, 1999-yilda kompaniyaga 10 ming dollar qoʻygan investor bugungi kunda 59 107 800 dollarlik aksiyaga ega boʻladi.
Maʼlumot uchun, kompaniya oʻzining dastlabki bir necha oʻn yilliklarini asosan kompyuter oʻyinlari uchun chip ishlab chiqarishga qaratgan.
Ikkinchi va uchinchi oʻrin egalari boʻlgan Microsoft va Apple aksiyalari mos ravishda 0,45 va 1,1 foizga arzonlashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring