Nursulton Roʻziboyevning UFCdagi navbatdagi jangi qachon?
Oʻzbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Nursulton Roʻziboyevning navbatdagi UFC jangiga oid maʼlumotlar eʼlon qilindi. 31 yoshli hamyurtimiz 17-may kuni AQSHning Las-Vegas shahrida joylashgan “UFC Apex” majmuasida boʻlib oʻtadigan “UFC Fight Night” turniri doirasida oktagonga koʻtariladi. Bu haqda mashhur insayder Aleks Beunin oʻzining X tarmogʻidagi sahifasida xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Roʻziboyevning raqibi amerikalik sportchi Dastin Stolsfus boʻladi. Jang oʻrta vazn toifasida tashkil etilishi kutilmoqda. Qayd etish joizki, Nursulton soʻnggi jangini ham aynan shu vaznda oʻtkazgan edi va unda gʻalaba qozongandi.
Bu jang Nursulton Roʻziboyev uchun UFC doirasidagi beshinchi jang boʻladi. U bugungi kungacha ushbu Ligada 4 ta jang oʻtkazgan va ularning uchtasida gʻalaba qozonib, bir bor magʻlub boʻlgan. Umumiy professional faoliyati davomida esa 35 ta gʻalaba, 9 ta magʻlubiyat va 2 ta durang natijasini qayd etgan.
Uning raqibi, 33 yoshli Dastin Stolsfus esa professional faoliyati davomida 16 ta gʻalaba va 6 ta magʻlubiyatga ega. Uning UFCdagi natijalari 3 ta gʻalaba va 5 ta magʻlubiyatni tashkil etadi. Bu jang har ikki sportchi uchun ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, reytingda yuqori pogʻonalarga koʻtarilish imkonini yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring