Nursulton Roʻziboyev UFCʼdagi ilk magʻlubiyatini qabul qilib oldi
Bugun, 12-may kuni Amerika Qoʻshma Shtatlarining Sent-Luis shahrida navbatdagi UFC Fight Night turniri boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston vakili Nursulton Roʻziboyev (34-9-2) amerikalik Xoakin Bakli (19-6)ga qarshi jang qildi.
Bakli toʻliq davom etgan bahsning uchala raundida ham faollik koʻrsatdi. U aniq zarbalar va teykdaunlar soni boʻyicha ustunlik qildi. Roʻziboyevga esa biroz omad yetishmadi.
Yakunda hakamlar 30-27, 30-26, 29-27 hisobida Baklining gʻalabasini qayd etdi.
Maʼlumot uchun, 30 yoshli Roʻziboyev bu magʻlubiyatga qadar MMAʼda 44 ta jang oʻtkazgan boʻlib, ularning 34 tasida gʻalaba qozongan. 8 ta bahsda esa imkoniyatni boy bergan va 2 ta jangda durang qayd etilgan. Bakli bungacha 24 ta bellashuvda qatnashib, shulardan 18 tasida zafar quchgan, 6 tasida esa magʻlubiyatga uchragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring