Nurobodning olis mahallasida yangi tibbiyot binosi foydalanishga topshirildi

09:21 25 Aprel 2024 Jamiyat
316 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/«Xalq soʻzi». Samarqand viloyatining chekka tumanlaridan boʻlgan Nurobodning Arabota mahallasida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Tim hududiy boʻlimi poliklinikasi uchun loyiha qiymati 2 milliard soʻmlik yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi.

U quyosh batareyasi, barcha zarur jihoz va uskunalar bilan taʼminlangan.

Tim hududiy boʻlimi Arabota, Nurafshon, Bunyodkor mahalla fuqarolar yigʻinlarida yashovchi 9 mingga yaqin aholiga xizmat koʻrsatadi. Bu yerda 30 nafarga yaqin tibbiyot xodimlari faoliyat olib boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер