Nukusdagi koʻzi ojizlar maxsus kutubxonasida byudjet mablagʻlari talon-toroj qilingani aniqlandi

Nukus shahrida joylashgan koʻzi ojizlar maxsus kutubxonasining maʼmuriy binosini yangidan qurish va jihozlash boʻyicha amalga oshirilgan qiymati 10,4 mlrd soʻmlik pudrat ishlari oʻrganilganda, jami 530,4 mln soʻmlik ishlar haqiqatda bajarilmagan boʻlsada, hisobotlarga qoʻshib yozish yoʻli bilan byudjet mablagʻlari talon-toroj qilingani aniqlandi.
Achinarlisi, kutubxonani jihozlash maqsadida ajratilgan 2 ta “brayl” printeri uchun 90 mln soʻm va 1 ta ovoz yozish studiyasi uchun 50 mln soʻm mablagʻlar ham oʻzlashtirib yuborilgani oqibatida koʻrish qobiliyatida nuqsoni bor shaxslarni qoraqalpoq tilida zarur adabiyot va audio materiallar bilan taʼminlash imkoni cheklangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 167-moddasi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi hamda 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilib, yetkazilgan zararni qoplash choralari koʻrilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring