Nukus davlat pedagogika institutiga yangi rektor tayinlandi
Alisher Ubbiyev Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun vazir Hilola Umarova va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov ishtirokida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti professor-ustozlari bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtgan.
Ochiq muloqot davomida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlangan Alisher Ubbiyev institut jamoasiga tanishtirilgan.
Shundan soʻng, Hilola Umarova institut muzeyi faoliyati bilan ham tanishdi va mazkur oliygoh qoshida tashkil etilgan 90 oʻringa moʻljallangan maktabgacha taʼlim tashkilotini koʻzdan kechirgan.
Maʼlumot uchun, Alisher Ubbiyev 1983-yil 18-sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida tavallud topgan. U 2005-yil Toshkent moliya instituti bakalavriatini, 2014-yil esa magistratura bosqichini tugatgan.
Bunga qadar Ubbiyev Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring