Nufuzli tuzilma faoliyatiga oid risola tayyorlandi

16:39 01 Aprel 2025 Jamiyat
135 0

Xabar berilganidek, 5 — 9-aprel kunlari mamlakatimizda Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasi o‘tkaziladi. Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor tashkil etilayotgan ushbu nufuzli tadbirda 200 ga yaqin davlatdan parlamentariylar jam bo‘ladi.

Shu munosabat bilan Parlament tadqiqotlari instituti tomonidan “Parlamentlararo Ittifoq: maqomi, strategik vazifalari va O‘zbekiston bilan hamkorligi” nomli risola tayyorlandi.

Unda Parlamentlararo Ittifoq faoliyati, uning asosiy yo‘nalishlari, tashkiliy tuzilishi, strategik maqsadlari keng yoritilgan. Qolaversa, mamlakatimizning mazkur tashkilotga a’zoligi va uning doirasidagi faoliyati, milliy parlamentimizning ishtiroki, hamkorlik orqali erishilayotgan natijalari tahlil qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?