Notoʻgʻri qurilgan uylardagi elektr energiya isteʼmoli qurilishga sarflangan mablagʻdan ming marotaba koʻp mablagʻ sarflanishiga olib keladi
Bu haqda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati rahbari Ulugʻbek Oʻrinov quyidagilarni taʼkidlab oʻtdi:
— Isteʼmolchilarning maʼlum toʻlov evaziga elektr energiyasidan foydalanish huquqidan tashqari energiyatejamkorlik va energiyasamaradorlik masalasida maʼlum majburiyatlari ham bor.
Energiya tejami va samarasi, eng avvalo, bino va inshootlarni toʻgʻri va puxta qurishdan boshlanadi. Birgina misol, notoʻgʻri qurilgan uylarni (ofislarni) yoritish, isitish yoki sovutish yillar davomida qurilishdan iqtisod qilingan mablagʻlardan oʻn, yuz, hatto ming marotaba koʻp mablagʻ sarf etilishiga olib keladi.
Ammo, energiya tejamkorligi va samaradorligi deganda faqat bemaqsad ishlab turgan elektr uskunasini tarmoqdan uzib qoʻyishdek tor fikr tushunilmasligi lozim. Fizika qonuniyatiga koʻra energiya bordan yoʻq, yoʻqdan esa bor boʻlmaganidek, uni foydalanishga qulay, yaʼni isteʼmolga yaroqli qilish oʻziga xos xarajat va harakat talab etadi.
Kech tushgandan ertalabgacha hovlidagi bir nechta chiroq yoniq turadi, koʻp qavatli binolarning kirish qismida ham nechta yoritkich boʻlsa, barchasi yoqilgan turadi. Foydalanilmagan paytlarda ham televizor, radio, kompyuter, batareya quvvatlagich va boshqa elektr jihozlarini isteʼmolga ulangan holda qoldiriladi.
Isteʼmolchilar sifatli va uzluksiz elektr taʼminotidan foydalanishlari uchun undan samarali foydalanishlari, oʻz oʻrnida behuda ishlatmasliklari, yaʼni tejashi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring