Norvegiyalik changʻichi 5 karra Olimpiya oʻyinlari chempioniga aylandi

21:30 18 Fevral 2022 Sport
1091 0

Foto: Reuters

Norvegiyalik changʻichi Yoxannes Klebo Xitoyda boʻlib oʻtayotgan Pekin qishki Olimpiya oʻyinlarida jamoaviy sprintda oltin medalni qoʻlga kiritib, besh karra Olimpiya oʻyinlari chempioniga aylandi.

Yoxannes Klebo 2018-yilgi Pxenchxan Olimpiya oʻyinlarda yakkalik sprint, estafeta va jamoaviy sprintda oltin medalni qoʻlga kiritgan edi.

Bu yilgi Pekin Olimpiadasida esa changʻichi yakkalik sprint va jamoaviy sprint bahslarida gʻolib chiqib, ikkita oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Olimpiada-2022. Changʻi poygasi. Erkaklar. Jamoa sprinti. Final:

1. Norvegiya (Erik Valnes, Yoxannes Klebo) - 19:22.99

2. Finlyandiya (Iyvo Niskanen, Yoni Myaki) +2,46.

3. Rossiya (Aleksandr Bolshunov, Aleksandr Terentyev) +4,29.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?