Norvegiyada Isroilga qurol yetkazib berayotgani aytilayotgan zavodga kirish yoʻli toʻsib qoʻyildi
Foto: nammo.com
Norvegiya janubi-sharqidagi Raufoss shahrida 30 nafarga yaqin namoyishchilar oʻq-dorilar va raketa dvigatellari ishlab chiqaradigan “Nammo” zavodiga kirishni toʻsib qoʻyishdi.
Mahalliy “NRK” xabariga koʻra, namoyishchilar shu orqali Norvegiya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan qurollar Gʻazo sektorida Isroil tomonidan qoʻllanilayotganiga norozilik bildirishdi.
Norvegiya hukumatining 1959-yildagi deklaratsiyasiga koʻra, Norvegiya tashqi ishlar vazirligiga harbiy texnologiyalarni eksport qilish boʻyicha soʻrovlarni koʻrib chiqishda asosiy prinsipi shundan iboratki, bu mamlakat “urush boʻlgan yoki urush xavfi mavjud boʻlgan hududda qurol va oʻq-dorilarni sotishga ruxsat bermaydi”.
“Biz zavodga kirishni toʻsib qoʻyish uchun keldik. Chunki “Nammo” tomonidan ishlab chiqarilgan qurollar Gʻazoda falastinliklarni oʻldirish uchun qoʻllanilmoqda”, deydi “Falastin qoʻmitasi” mustaqil birdamlik tashkiloti vakili Xyell Stefansen.
Kanal shu oʻrinda “Falastin qoʻmitasi”ning AQSHning Arizona shtatidagi “Nammo” zavodidan “Isroilga M141 granata uchun raketalar eksport qilinayotgani” haqida xabarini eʼlon qildi. Aytilishicha, bu qurollar Gʻazo sektorida qoʻllaniladi.
Telekanalning xabar berishicha, tashkilot maʼlumotlariga koʻra, “Nammo” va Norvegiya Tashqi ishlar vazirligi bu Amerika qurollari, chunki ular AQSHda ishlab chiqarilganligini aytib, vaziyatdan qochishga harakat qilmoqda”.
Yaʼni kompaniya oʻzi ishlab chiqarayotgan qurollar Isroil armiyasi ixtiyorida ekanligini inkor etadi.
“Ular Amerika armiyasiga taxminan 10-yil oldin sotilgan va bu ish boʻyicha bizning munosabatimiz shu bilan tugagan... Biz Norvegiyadan Isroilga qurol va oʻq-dori sotmaymiz”, deydi “Nammo” kommunikatsiya masalalari boʻyicha direktori Torsteyn Korsvold.
Shu yilning noyabr oyida Norvegiyaning “VG” gazetasi kimyoviy moddalar, jumladan, raketa yoqilgʻisi ishlab chiqaruvchi kompaniya rahbariyatiga tayanib, Norvegiyada ishlab chiqarilgan yoqilgʻi komponentlari, Norvegiya qurol eksportini taqiqlaganiga qaramay, Isroil tomonidan Gʻazoni bombalash uchun “Hellfire” raketalarida ishlatilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring