Noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi oldi olindi
Oʻzbekistonda noqonuniy tamaki mahsulotlarining savdosiga qarshi kurash doirasida bir qator huquq-tartibot organlari tomonidan tezkor tadbirlar oʻtkazildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar boʻlimi va soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorlikda olib borgan tadbir natijasida fuqaro F.Ya. tomonidan tegishli hujjatlarsiz sotuvga qoʻyilgan 162,8 million soʻmlik 24 turdagi jami 2 467 quti tamaki mahsulotlari aniqlandi. Mazkur mahsulotlar savdo doʻkonida noqonuniy ravishda realizatsiya qilinayotgan boʻlib, ularning barchasi daliliy ashyo sifatida olib qoʻyildi.
Beshariq tumanida ham shunga oʻxshash huquqbuzarlik qayd etildi. Departamentning Beshariq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan reyd chogʻida “B.Z.” MCHJ rahbari A.Q. tomonidan “Hamid Olimjon” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan savdo doʻkonida 4 372 quti aksiz markasiz va hujjatlarsiz tamaki mahsulotlari sotilayotgani aniqlandi. Bu mahsulotlarning umumiy qiymati 61,7 million soʻmga teng boʻlib, barchasi daliliy ashyo sifatida olib qoʻyildi.
Boshqa bir huquqbuzarlik poytaxtning Mirobod tumanida fosh etildi. Departamentning Mirobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda fuqaro R.S. fuqarolardan biri – I.A.ga 2 quti aktsiz markasiz tamaki mahsulotini 100 ming soʻm evaziga sotayotgan paytda qoʻlga olindi. Tergov jarayonida u sotishga moʻljallangan yana 76 turdagi jami 2 458 quti noqonuniy tamaki mahsulotlarini olib kelganligi aniqlanib, ular ham daliliy ashyo sifatida musodara qilindi.
Aniqlangan barcha huquqbuzarlik holatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi – “Etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish” boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Huquq-tartibot organlari noqonuniy tamaki savdosiga qarshi kurashni yanada kuchaytirib, bunday qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni davom ettirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring