Noqonuniy ravishda olib chiqib ketilayotgan madaniy boyliklar toʻxtatib qolindi

16:18 13 Oktyabr 2021 Jamiyat
543 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut ata” chegara posti orqali qoʻshni davlatga chiqib ketayotgan yuk avtotransport vositasi bojxona nazoratidan oʻtkazilganida hech qanday hujjatlari boʻlmagan ikki taraflama ochiladigan 3 dona oʻyma naqshli gujum daraxtidan yasalgan eski yogʻoch eshiklar bor ekanligi aniqlandi.

Oʻrganishlar natijasida avtotransport vositasiga yuklangan mazkur yogʻoch eshiklar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketilishi man etilgan madaniy boyliklar sarasiga kiritilgani maʼlum boʻldi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Мadaniy meros boshqarmasi badiiy ekspertiza boʻlimi tomonidan sanʼatshunoslik ekspertiza xulosasiga koʻra, bu oʻyma naqshli eshiklar Buxoro va Xiva ustalari tomonidan XIX asrda ishlangan va hozirgi kunda tarixiy va muzey ahamiyatiga ega madaniy boylik hisoblanadi.

Hozirda ushbu madaniy meros Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyiga topshirilgan. Yuqorida aniqlangan huquqbuzarlik holati yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер