Noqonuniy qum-shagʻal qazib olgan mansabdor 6-yilga qamaldi
Illyustrativ foto
Chirchiq daryosida noqonuniy qum-shagʻal qazib olgan mansabdor 6-yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Oqqoʻrgʻon tuman sudida qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy qazib olgan “G.S” MCHJ rahbari S.I. ishi koʻrib chiqilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, 2024-yil 6-noyabrdan 7-noyabrga oʻtar kechasi Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida navbatdagi tungi reyd tadbiri oʻtkazilgan, unda Chirchiq daryosi muhofaza hududidan qum-shagʻal aralashmasi ortib berilayotganligi aniqlangan.
Holatga aniqlik kiritilganida qum-shagʻal aralashmasi “G.S.” MCHJ tegishli boʻlgan tosh maydalash sexiga olib borib toʻkilayotganligi maʼlum boʻlgan.
Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Oqqoʻrgʻon tuman sudi tomonidan “G.S”MCHJ rahbari S.I. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, uzil-kesil oʻtash uchun 6-yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni umumiy tartibdagi koloniyalarda oʻtash belgilandi. Shuningdek, huquqbuzardan davlat foydasiga 431 million 380 ming 664 soʻm miqdorida zarar, 38 million 280 ming soʻm miqdorida jarima undirilishi belgilandi.
Taʼkidlash joiz, 2024-yil 1-maydan ayrim suv havzalari, xususan, Chirchiq daryosi oʻzanida ham noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring