Noqonuniy muhojirlarning ulkan kolonnasi Belarusning Polsha bilan chegarasi tomon yurishmoqda

10:54 09 Noyabr 2021 Dunyo
1248 0

Belarus xavfsizlik kuchlari bir necha ming muhojirdan iborat karvonni Polshaga oʻtkazish punktiga emas, balki “yashil” chegara tomon joʻnatmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Bizning hisob-kitoblarga koʻra, bir necha ming kishi Polsha chegarasi tomon yoʻl oladi. Shu bilan birga, biz olgan soʻnggi xabarlar Belarus xizmatlari ularni Kuznitsadagi chegara oʻtish joyiga emas, balki chegaradagi oʻrmonlar va yashil hududlarga yoʻnaltirayotganini koʻrsatadi, dedi Polsha Chegara qoʻriqlash xizmati matbuot kotibi.

Shuningdek, davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtishga tayyorgarlik koʻrilayotganini taʼkidladi.

Kadrlarda yuzlab muhojirlar trassa boʻylab qanday ketayotgani, ularga harbiy kiyim va qurol-yarogʻlarda, baʼzilari xizmat itlari bilan Belarus xavfsizlik kuchlari hamrohlik qilayotganini koʻrish mumkin.

Qoʻshimcha qilish kerakki, Germaniya Belarus hukumatini muhojirlarni haydashda ayblagan.

Avvalroq Polsha maxsus xizmatlari vazir-koordinatori matbuot kotibi Stanislav Jarin Belarus Polshaga noqonuniy muhojirlarni katta miqdorda oʻtkazishga tayyorlanayotganini maʼlum qilgandi. Yozuvga u Belarus tomonidan tayyorlangan videoni ilova qildi, unda yuklari bilan bir necha yuz kishilik guruh yoʻl boʻylab qanday ketayotgani koʻrsatilgan. Ular orasida ayollar va bolalar ham bor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?