Nogironlikni belgilashda VKK tizimdan toʻliq voz kechiladi

Illyustrativ foto
Nogironlikni belgilashda VKK – vrachlik-maslahat komissiyalari degan korrupsion tizimdan toʻliq voz kechilishi belgilandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, endilikda nogironlik oilaviy shifokor rasmiylashtirgan hujjat asosida tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Mutasaddilarga bu tizimni 1-iyundan Toshkent shahri va Navoiyda, 1-sentyabrgacha qolgan hududlarda toʻliq joriy qilish topshirildi.
Shu bilan birga, kasalliklarni barvaqt aniqlash va asoratlarini kamaytirish boʻyicha ham yangi mahallabay tizim boʻladi.
Masalan, Ishtixondagi poliklinikaga va mahallalarga viloyatdagi kardiologiya, endokrinologiya va ona-bola markazlari, markaziy shifoxona vrachlari biriktiriladi. Ular mahallalarda yurib, aholini toʻliq diagnostikadan oʻtkazadi, biriktirilgan oilaviy shifokorlarga kasalliklarni erta aniqlash va davolashni joyida oʻrgatadi, davolash va diagnostika boʻyicha yangicha yondashuvlarni poliklinikada joriy qiladi.
Samarqand tibbiyot universiteti professor-oʻqituvchilari, magistratura bitiruvchilari ilmiy ishlarini shu yerga kelib yozadi.
Yil yakunida natija boʻlsa, mahallaga biriktirilgan ushbu mutaxassislar oyligining 2 karra miqdorida mukofotlanadi.
Prezident aytilgan yangi tizimni joriy yilda Ishtixon bilan birga Samarqand shahri, Bulungʻur tumani va qolgan viloyatlarning 1 tadan tumanida, keyingi yildan toʻliq Samarqand viloyatida, 2027-yildan esa bosqichma-bosqich barcha hududlarda joriy qilishga topshiriq berdi.
Sogʻliqni saqlash vazirligiga yil oxirigacha tibbiyot oliygohlari bilan 15 ta tumandagi 4 ming 700 nafar oilaviy shifokor va hamshirani “Oila salomatligi” dasturi boʻyicha, rahbarlarni esa menejerlikka oʻqitish topshirildi.
15 ta tumandagi poliklinika va shifoxonalar faoliyatini yangi tizim asosida tashkil qilish uchun bu yil 285 milliard soʻm, bunga qoʻshimcha viloyat hokimlari tomonidan ham kamida 10 milliard soʻmdan ajratilishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring