Nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan shaxslarga nogironlik qoʻshimcha tekshiruvlar oʻtkazilmasdan muddatsiz davrga belgilanadi
Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Shu tariqa tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyatiga oid boʻlgan meʼyoriy-xuquqiy hujjatlar bitta hujjatga jamlandi.
Bunda:
— respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi, tibbiy-ijtimoiy ekspert va pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari toʻgʻrisidagi Nizomlar;
— tibbiy-ijtimoiy ekspert va pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida fuqarolarni koʻrikdan oʻtkazish tartiblar;
— zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan davlat tibbiyot muassasalariga bepul tekshiruvlar oʻtkazish uchun biriktirilgan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari roʻyxati;
— fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish uchun qabul qilish va oʻtkazish tartibi, nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklar roʻyxati va ushbu kasalliklarda nogironlikni belgilash mezonlari, nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlar hamda koʻrikdan qayta oʻtkazish muddati koʻrsatilmasdan nogironlik belgilanadigan kasalliklar roʻyxati;
— jabrlanganning kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini ekspertizadan oʻtkazishning asosiy mezonlarini, kasblar faoliyati bilan bogʻliq kasb kasalliklari roʻyxatini, jabrlanganda kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajalari hamda ularni belgilash tartiblari tasdiqlandi.
Bundan tashqari, qarorda nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan shaxslarni klinik-funksional maʼlumotlarni olishga doir qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkazmasdan turib, ular nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda nogironlikni muddatsiz davrga belgilash koʻzda tutilgan.
Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqishning muddatlari va bosqichlarini, uni ishlab chiqishda nogironligi boʻlgan shaxs hamda mutaxassislar ishtirokini, dasturni bajarishda bajaruvchi tashkilotlarga qoʻyiladigan talablar hamda unda belgilangan tadbirlarning monitoringini olib borish va bajarish natijalarini baholash aniq vazifa etib belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring