Nodavlat maktablarda ham bolalar 7 yetti yoshga toʻladigan yilda 1-sinfga qabul qilinadi
Illustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga toʻladigan yilda qabul qilinishi belgilangan.
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab amalga kirgan ushbu qonun normasi davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun birdek majburiy hisoblanadi.
Oʻtgan oʻquv yili boshlanishidan avval bu haqida keng jamoatchilikka bir necha marotaba batafsil maʼlumot berilishiga qaramay, 7 yoshga toʻlmagan bolalarni maktablarga noqonuniy qabul qilish holatlari kuzatildi.
Xususan, soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi “Umnыye deti” nodavlat taʼlim tashkilotiga farzandini 1-sinfga 7 yoshga toʻlmasdan joylashtirgan va hozirgi paytda 2-sinfga oʻtkaza olmayotgan ota-onalarning murojaatlari tarqalmoqda.
Bugungi kunda ushbu nodavlat taʼlim tashkilotida yuz bergan qonun buzilishi holatlari oʻrganilayotganligini, oʻrganish natijalariga koʻra qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarga hamda taʼlim tashkilotiga nisbatan amaldagi qonunchilikda belgilangan jazo choralari qoʻllaniladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring