Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yigʻimlardan ozod qilinadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi. Unga koʻra:
2030-yil 1-yanvarga qadar:
- nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yigʻimlardan;
- Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini jihozlash va faoliyatini taʼminlash uchun olib kiriladigan zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno);
- nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliqdan ozod qilindi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab:
- nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan pedagogik faoliyatnidoimiy asosda amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga “A-2” oʻqituvchilar kirish vizalarini berish yoʻlga qoʻyiladi;
- nodavlat maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog xodimlari malakasini oshirishni A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, pedagogik mahorat markazlari hamda belgilangan tartibda shakllantiriladigan reyestrga kiritilgan nodavlat malaka oshirish tashkilotlarida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirish tartibi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring