Niderlandiyada ishchilar ustiga koʻprik arki qulab tushdi. Qurbonlar bor

11:05 22 Fevral 2024 Dunyo
262 0

Foto: Unsplash

Niderlandiyada qurilayotgan koʻprik qulashi oqibatida ikki kishi halok boʻldi.

Favqulodda holat 21-fevral kuni tushdan keyin Gelderlend provinsiyasining Loxem shahrida sodir boʻlgan. U yerda Tvente kanali ustidan ikkita koʻprik qurilmoqda. Maʼlum boʻlishicha, ikkita kran inshootning katta arklaridan birini koʻtargan, biroq uni mahkamlashga ulgurilmagan. Natijada u chayqalay boshlagan va ishchilar ustiga qulagan.

Ushbu fojiani mahalliy hokimiyat ham tasdiqladi. Hozirda voqea joyida qutqaruv xizmatlari ishlamoqda.

Oldinroq Olmaliqda yangi qurilayotgan misni boyitish fabrikasida temir konstruksiyalar kuchli qor yogʻishi natijasida qulab tushishi oqibatida quruvchi kompaniyaning 32 nafar ishchisi (Hindiston fuqarolari) tan jarohati olib, ulardan 3 nafari voqea joyida halok boʻlgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер