Niagara sharsharasiga olib boruvchi koʻprikda portlash sodir boʻldi

01:05 23 Noyabr 2023 Dunyo
468 0

Foto: AP

AQSH va Kanada oʻrtasidagi Niagara sharsharasi olib boruvchi koʻprik ustida avtomobil portlab ketdi. Bu haqda “Fox News” telekanali xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, mashinada boʻlgan ikki kishi halok boʻlgan. Bir chegarachi yaralangan. Ushbu voqeadan soʻng koʻprik yopildi.

Hodisa yuzasidan tekshirishlarni Federal Qidiruv Byurosi mahalliy va federal huquqni muhofaza qilish idoralari bilan birgalikda muvofiqlashtirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер