Nega Xitoy faol yadroviy qurollari sonini oshirmoqda?
Foto: AP
Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) maʼlumotlariga koʻra, Xitoyning yadro qurollari zaxirasi tez surʼatlar bilan oʻsib, mamlakatda birinchi marta faol yadro kallaklarini joylashtirgan. Bu haqda «NewsWeek» nashri xabar berdi.
SIPRIning soʻnggi hisoboti shuni koʻrsatadiki, Xitoy oʻzining yadroviy arsenalini 2023-yilning yanvarida taxminan 410 ta jangovar kallakdan 2024-yilga kelib 500 taga yetkazgan. Bu oʻsish Pentagonning oktyabr oyida eʼlon qilgan hisob-kitoblariga mos keladi.
Xitoy birinchi marta tinchlik davrida raketalarga oz sonli jangovar kallaklarni joylashtirgan boʻlishi mumkin. Hisob-kitoblariga koʻra, hozirda yigirmaga yaqin jangovar kallaklar faollashtirilgan.
Yadro quroliga ega boʻlgan toʻqqiz davlatning aksariyati oʻz arsenallarini kengaytirmoqda yoki buni rejalashtirmoqda, deydi SIPRI katta ilmiy xodimi va Amerika olimlar federatsiyasining Yadroviy axborot loyihasi direktori Xans Kristensen.
Uning taʼkidlashicha, Pekin oʻzining yadroviy arsenalini boshqa davlatlarga qaraganda tezroq oshirmoqda. Oʻz navbatida, Xitoy tashqi ishlar vazirligi ularning yadroviy imkoniyatlari milliy xavfsizlik uchun zarur boʻlgan minimal darajada ekanligini daʼvo qildi.
SIPRI direktori Den Smit yadro arsenallarining faollashtirish tendensiyasidan xavotir bildirdi va Sovuq urush davridagi eski qurollar demontaj qilinayotgan bir paytda, funksional yadro kallaklari soni oʻsishda davom etayotganidan tashvishlanayotganini aytgan.
Xitoyning Tayvanga bostirib kirishi haqidagi daʼvolar kuchayayotgan bir paytda yadroviy faollik tashqi tomonning yordamini toʻsib qoʻyish uchun ishlatilishi mumkin. Hozircha Pekin ushbu yadroviy faolligini toʻla-toʻkis qilib izohlamagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring