“Neftchi”dan yirik gʻalaba, “Navbahor” Toshkentda “Paxtakor”dan ustun keldi
Kecha, 10-mart kuni Oʻzbekiston Superligasining 3-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan dastlabki bahsda “Neftchi” jamoasi oʻz maydonida “Andijon” klubini qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyinda kiritilgan gollarga Alisher Odilov, Jamshid Iskandarov va Anvar Gʻofurov mualliflik qildi. Taʼkidlash joizki, bu “Neftchi” klubining qatorga qoʻlga kiritgan uchinchi gʻalabasi. Qizigʻi, jamoa barcha oʻyinlarda 3:0 hisobida gʻalaba qozonmoqda.
Oʻzining stadionida taʼmirlash ishlari ketayotgani sabab Navoiyning “Qizilqum” jamoasini Samarqandda qabul qilgan “Mashʼal” klubi 0:2 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
Oʻyinda kiritilgan gollarga Jambuli Jigauri va Shohruz Norxonov mualliflik qildi. Maʼlumot uchun, bu Navoiy klubining joriy yil Superligadagi ikkinchi gʻalabasi hisoblanadi.
Kunni yakunlab bergan oʻyinda esa “Navbahor” jamoasi safarda “Paxtakor” ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻyinning birinchi boʻlimida hisob ochilmadi.
Ikkinchi boʻlimning 47-daqiqasida Katulondi Katu jamoasining dastlabki golini kiritdi. 65-daqiqada Ruslanbek Jiyanov penaltidan jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Shu tariqa bahs “lochinlar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring