“Neft suyuqligi jilovlangan”. Energetika vazirligi Boysundagi holat boʻyicha maʼlumot berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Boysun tumanidagi “M-25” koni hududida neft saqlovchi suyuqligi yer yuzasiga sizib chiqayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Energetika vazirligi mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, ushbu neft suyuqligi tarqalishining oldini olish maqsadida hudud atrofida hamda soy oʻzani boʻylab qoʻshimcha himoya hovuzlari barpo etilgan. Hozirda yigʻib olingan neft suyuqligi uzluksiz ravishda maxsus maydonga olib chiqilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, u yerda hajmi 5 ming metr3 boʻlgan, maxsus izolyatsiyalangan 2 ta shlam hovuzi mavjud boʻlib, u neft suyuqligini xavfsiz saqlash hamda keyinchalik undan samarali foydalanish imkonini beradi.
“Barcha ishlar amaldagi sanoat va ekologik xavfsizlik talablariga toʻliq rioya etilgan holda olib borilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
Qoʻshimcha qilinishicha, neft suyuqligi namunasi boʻyicha tahlil ishlari olib borilmoqda. Uning natijalariga asosan qayta ishlash imkoniyatlari oʻrganiladi, geologik tadqiqotlar esa davom etmoqda.
Hozirgi kunda holat doimiy monitoringda boʻlib, neft suyuqligi jilovlangan. Dastlabki kunlarda chiqib kanalga oqqan neft suyuqliklarini tozalash ishlari olib borilayotganligi maʼlum qilindi. Holat boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring