Nazorat inspeksiyasi “Damas” va “labo” haydovchilarini ogohlikka chaqirdi

21:20 12 Dekabr 2025 Jamiyat
430 0

Nazorat inspeksiyasi “Damas” va “Labo” haydovchilarini avtotransport akkumulyatorlari xarid qilishda hushyor boʻlishga chaqirdi.

Maʼlum qilinishicha, Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi Nazorat inspeksiyasi Jizzax viloyati boʻlimi xodimlari tomonidan Jizzax shahridagi savdo nuqtalarida sotilayotgan “N7000” va “CERVO” savdo belgisi ostidagi avtotransport akkumulyatorlari yuzasidan nazorat xaridi oʻtkazilgan.

Unga koʻra, oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida mazkur mahsulotlarning sifati amaldagi standart talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Taʼkidlanishicha, mazkur akkumulyatorlardan foydalanish natijasida notoʻgʻri ishlash, tez ishdan chiqish, ortiqcha xarajatlar, avtomobilni yurgizib boʻlmasligi kabi holatlar yuzaga kelishi mumkin.

“Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida tegishli choralar koʻrilmoqda. Agar savdo tarmogʻida sifatsiz yoki soxta mahsulotga duch kelsangiz, 1880 qisqa raqami orqali Texnik jihatdan tartibga solish inspeksiyasiga murojaat qilishingiz mumkin”, — deyiladi inspeksiya ogohlantirish xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?