Navroʻz — yangilanish va hamjihatlik bayrami
Surxondaryo viloyatida Navroʻz umumxalq bayrami yuksak ruh va keng jamoatchilik ishtirokida nishonlandi. Asosiy bayram sayllari Termiz tumanidagi “Yangi Oʻzbekiston” massivi amfiteatr maydonida oʻtkazilib, u haqiqiy xalq sayliga aylandi.
Tadbirda voha ahli bilan bir qatorda xorijiy mehmonlar, jumladan, Tojikiston delegatsiyasining ishtirok etishi bayramning xalqaro doʻstlik va qoʻshnichilik rishtalarini mustahkamlashdagi ahamiyatini yanada namoyon etdi. Bu esa Markaziy Osiyodagi oʻzaro ishonch va hamkorlik muhitining izchil rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Bayram hududida milliy urf-odat va anʼanalarni aks ettirgan pavilyonlar, amaliy sanʼat koʻrgazmalari, baxshichilik va folklor jamoalar chiqishlari, teatr tomoshalari hamda milliy taomlar sayllari tashkil etildi. Ularda xalqimizning boy madaniy merosi, mehmondoʻstligi va ijodiy salohiyati oʻz ifodasini topdi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov bayram tadbirini ochib, yigʻilganlarni samimiy tabrikladi. U oʻz soʻzida Navroʻz asrlar davomida xalqimizni birlashtirib kelayotgan, inson qadrini ulugʻlaydigan, mehr-oqibat va bagʻrikenglik gʻoyalarini targʻib etuvchi ulugʻ ayyom ekanini taʼkidladi. Shuningdek, bugungi islohotlar davrida bunday bayramlar jamiyatdagi ijtimoiy birdamlikni mustahkamlash, fuqarolarning ertangi kunga ishonchini oshirishga xizmat qilayotgani qayd etildi.

— Bugun oilam bilan bayram sayliga keldik, — deydi angorlik Dilshod Rahimov. — Farzandlarimizning quvonchini koʻrib, shukronalik hissi yanada ortadi. Bunday tinch va farovon hayot yurtimizdagi osoyishtalikning eng katta mevasi. Navroʻz ana shu qadriyatlarni yanada chuqur his qilish imkonini beradi.
— Oilamiz bilan birga sayllarda miriqib dam olyapmiz, — deydi termizlik Saodat Karimova. — Atrofdagi fayz, odamlarning ochiq chehrasi insonga kuch bagʻishlaydi. Bugungi farovon hayotga shukrona keltirish, tinchlikni asrash har birimiz uchun eng katta masʼuliyat ekanini yana bir bor his qilyapmiz.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring