Navoiydagi korxonalardan birining chiqindilari Zarafshon daryosini zaharlamoqda

23:17 08 Oktyabr 2021 Jamiyat
946 0

Navoiy viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari oʻz faoliyati davomida Zarafshon daryosining Karmana hududidan oqib chiqayotgan suvning rangi ozgina oʻzgarganiga, baliqlar oʻlayotganiga eʼtibor qaratdi.

Bu holatning sababini boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari boshchiligida tuzilgan tezkor ishchi guruhi oydinlashtirdi. Tadqiqot davomida ular tahlil laboratoriyasining masʼul xodimlari, Karmana tumani ekologik inspeksiyasi, viloyat veterinariya laboratoriyasi va “Navoiyazot” AJ sanitariya laboratoriyasi masʼul xodimlari bilan birgalikda daryoning beshta nuqtasidan analitik namunalar olishdi.

Natijada “Navoiyazot” AJning 267 chi qudugʻidan bir qator moddalarning chiqarilishi belgilangan meʼyordan oshib ketishi aniqlandi, bu esa zaharlanishga olib kelgan. Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?