Navoiyda prokurorlar shaxmat oʻynashdi. Gʻolibga kubok berildi
Respublika Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yana-da rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash hamda shaxmatni aholi oʻrtasida keng targʻib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish maqsadida Navoiy viloyati prokuraturasi xodimlari oʻrtasida viloyat shaxmat federatsiyasi murabbiylari hakamligida Shaxmat boʻyicha “Sogʻ tanda-sogʻlom aql” shiori ostida “Viloyat prokurori” kubogi oʻtkazildi.
Turnirda viloyat prokuraturasining 30 nafar xodimi oʻzaro bahs olib bordilar. 7 tur natijasi boʻyicha viloyat prokuraturasi katta noziri Lazizbek Arziyev 1-oʻrinni, viloyat prokuraturasi boʻlim prokurori Adham Irisqulov 2-oʻrinni va viloyat prokurorining katta yordamchisi Toʻlqin Kenjayev 3-oʻrinni egalladi.
Tadbir yakunida gʻoliblar diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.
Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring