Navoiyda nasoslar samaradorligini oshirish boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda

11:02 13 May 2025 Jamiyat
109 0

Temur ESHBOYEV/ “Xalq soʻzi”. Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligida suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish, yoʻqotishlarni kamaytirish maqsadida 2025-yil “Nasoslar samaradorligini oshirish yili” deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan Navoiy viloyatidagi nasos agregatlarining barqaror ishlashini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

— Joriy yil sugʻorish mavsumida 4 million 514 ming kilovatt/soat elektr energiyasi tejalib, natijada 4 milliard 500 million soʻm byudjet mablagʻi iqtisod qilindi. Bu orqali 3325 gektar qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining suv taʼminotini yaxshilash koʻzda tutilmoqda, — deydi Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshligʻi Jasur Nazarov. — Tejalgan har bir soʻm tizim faoliyatining barqarorligiga yoʻnaltiriladi.

Qiziltepa tumanidagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasida tashkil etilgan tadbir ana shunday tashabbuslardan biri boʻldi. Unda suv resurslarini samarali boshqarish, shaffof hisob-kitob yuritish va quyi boʻgʻinni moddiy-texnik jihatdan mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi rahbariyati tomonidan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” muassasasi suv nazoratchilariga 12 dona zamonaviy skuter, 12 ta planshet va maxsus xizmat kiyimlari topshirildi. Bu esa suvchilarning harakatchanligini taʼminlash barobarida, ish samaradorligi va tejamkorlikni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер