Navoiyda kuchli shamol bolalar oʻynaydigan batutni uchirib ketdi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Nurota tumanida bolalar oʻynashi uchun moʻljallangan batut shamolda uchib, yoʻlning qatnov qismiga tushgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 27-aprel kuni soat 14:45 da Nurota tumani “Shahriston” MFYda joylashgan “Nurota” mehmonxonasi qarshisida sodir boʻlgan. Mehmonxonaning old, ochiq maydonida oʻrnatilgan batut shamol tufayli uchib, avtomobil yoʻlining qatnov qismiga chiqqan va elektr yoritish ustuniga zarar yetkazgan.
Vaziyat sodir boʻlgan vaqtda batutda hech kim boʻlmagan. Hodisa oqibatlari zudlik bilan tegishli xizmatlar tomonidan bartaraf etilgan.
“Vaziyat yuzasidan FVBga xabar kelib tushmagan”, deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan Nurota tumani hokimligi munosabat bildirib, voqea tufayli fuqarolar va yosh bolalar tan jarohati olmagani, shuningdek, avtotransport vositalariga ham zarar yetmaganini maʼlum qildi.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda holat toʻliq oʻrganilib, bunday noxush holatlarning oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring