“Navbahor” rahbariyati klub bosh murabbiyini isteʼfoga chiqardi
Namanganning “Navbahor” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushanni isteʼfoga chiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumot uchun, Sergey Lushan 2024-yilgi mavsumning ikkinchi davrasiga “Navbahor” klubini qabul qilib olgandi. Uning boshqaruvida Namangan klubi Oʻzbekiston Superligasida 35 ta oʻyin oʻtkazib, 16 ta gʻalaba, 9 ta durang va 10 magʻlubiyat qayd etdi.
Shuningdek, jamoa Lushan bilan Oʻzbekiston kubogi musobaqasida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
“Biz Sergey Ivanovichga “Navbahor”dagi faoliyati uchun oʻz minnatdorchiligimizni bildirgan holda, keyingi faoliyatida omad yor boʻlishini tilaymiz”, deyiladi jamoaning rasmiy Telegram kanalida.
Oldinroq “Navbahor”ning Buxoroda 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchragani klubdagi vaziyatni beqarorlashtirib yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring