“Navbahor” klubi jarimaga tortildi, “Neftchi” klubi matbuot kotibining akkreditatsiyasi bekor qilinishi mumkin

18:40 28 Avgust 2025 Sport
179 0

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi maʼlumot berdi.

Superliga oʻyinlari uchun chiqarilgan qarorlar bilan tanishing:

“Andijon” — “Qoʻqon-1912”

Superliganing 16-turi doirasidagi “Andijon” — “Qoʻqon-1912” uchrashuvining 72-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Shahzod Azmiddinov oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra Shahzod Azmiddinovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, ushbu uchrashuvini tashkil etishda, xususan, jamoalarni stadionga qadar yetib kelishini tashkillashtirishda mezbon jamoa tomonidan bir qator kamchiliklar aniqlangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra “Andijon” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Soʻgʻdiyona” — “Nasaf”

Superliga 16-turidan oʻrin olgan “Soʻgʻdiyona” — “Nasaf” uchrashuvining 75-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Suxrob Nurulloyev oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Suxrob Nurulloyevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qizilqum” — “Buxoro”

Superliga 17-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Buxoro” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Ilhomjon Vaxobov oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ilhomjon Vaxobovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Dinamo” — “Navbahor”

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 18.7-bandida futbolchi va murabbiy uchrashuvdan oldin va keyin boʻladigan fleshintervyuda ishtirok etishi, shuningdek, oʻyindan keyin har bir futbolchi maxsus mikst-zona orqali stadionni tark etishi shart etib belgilangan. Biroq “Dinamo” jamoasi futbolchilari uchrashuvdan soʻng maxsus mikst-zonadan harakatlanmagani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra “Dinamo” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Xorazm” — “Surxon”

Superliganing 17-turi doirasidagi “Xorazm” — “Surxon” uchrashuvining 40-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Sunnatilla Poyonov toʻp uchun kurashda oyogʻining tag qismi bilan raqib futbolchisining oyogʻiga zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sunnatilla Poyonovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Uchrashuvning 70-daqiqasida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Abbos Otaxonov toʻp uchun kurashda raqib futbolchisi oyogʻining himoyalanmagan qismiga oyogʻining tag qismi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abbos Otaxonovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Navbahor” — “Soʻgʻdiyona”

17-tur doirasidagi “Navbahor” — “Soʻgʻdiyona” uchrashuvining 67-daqiqasida “Soʻgʻdiyona” jamoasi futbolchisi Xondamir Mustafoqulov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Xondamir Mustafoqulovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

90+5-daqiqada esa “Soʻgʻdiyona” jamoasi futbolchisi Zoir Joʻraboyev oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan. Unga nisbatan ham jarima intizom chorasi qoʻllanilgan.

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1 – bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar etib belgilangan. “Navbahor” jamoasi uchrashuvni tashkil qilishda kamchilikka yoʻl qoʻygani, jumladan, uchrashuv davomida stadion xodimi mezbon jamoa oʻrindigʻi oldida turib uchrashuvni kuzatib, maydonga yaqin holatda futbolchilarga koʻrsatmalar berishga uringani va komissar ogohlantirishlariga qaramay u hududni tark etmagani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra “Navbahor” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Buxoro” — “Xorazm”

Superliga chempionatining 18-turi doirasidagi “Buxoro” — “Xorazm” uchrashuvining 81-daqiqasida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Toma Tabatadze, 83-daqiqasida esa shu jamoa futbolchisi Marko Kolakovich hakam qaroriga eʼtiroz bildirganligi uchun sariq kartochka olgan. Ularning har ikkisiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Neftchi” — “Nasaf”

Superliganing 18-turi doirasidagi “Neftchi” — “Nasaf” uchrashuvining 24-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Farrux Sayfiyev toʻp uchun kurashda oyogʻi bilan raqib futbolchisi oyogʻining boldir qismini bosgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Farrux Sayfiyevga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1 – bandida, klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar etib belgilangan. “Neftchi” klubi uchrashuvni tashkil qilishda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan, shuningdek, klub matbuot kotibi akkreditatsiyasiz shaxslarni foto va media hududida faoliyat olib borishga koʻmaklashgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, klubga nisbatan jarima intizom chorasi belgilandi va klub matbuot kotibi kelgusida ushbu harakatlarni qayta takrorlasa, uning akkreditatsiyasi bekor qilinishi boʻyicha ogohlantirildi.

OKMK — “Qizilqum”

Superliga 18-turidan oʻrin olgan OKMK — “Qizilqum” uchrashuvining 66-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Asror Gʻafurov hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Asror Gʻafurovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Dinamo” — “Paxtakor”

Superliganing 18-turi doirasidagi “Dinamo” — “Paxtakor” uchrashuvining 90-daqiqasida “Dinamo” jamoasi futbolchisi Firdavs Abdurahmonov raqib futbolchisiga nisbatan toʻpsiz vaziyatda tajovuzkor harakati uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Firdavs Abdurahmonovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Uchrashuvning 90+9-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Hojimat Erkinov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Hojimat Erkinovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1 – bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar etib belgilangan. “Dinamo” klubi uchrashuvni tashkil qilishda kamchiliklarga yoʻl qoʻygani sababli jarima intizom chorasi belgilandi.

“Qoʻqon-1912” — “Surxon”

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 16.7-bandida klub uchrashuv startidan 75 daqiqa avval elektron qaydnomaga futbolchilarning ismi-familiyasi, raqamlarini oʻsish tartibida hamda ampluasini, rasmiy shaxslar ismi-familiyasi va lavozimini litsenziyada koʻrsatilgani boʻyicha kiritish uchun Liga komissariga futbolchilar va klub rasmiylari litsenziyasini taqdim etishi talab etilgan. Mazkur uchrashuv avvalida “Surxon” jamoasi futbolchi va rasmiylarining barcha litsenziya hamda akkreditatsiyalari ehtiyotsizlik sabab qolib ketgani oqibatda mehmon jamoa uchrashuvni litsenziyalarsiz oʻtkazgani qayd etilib.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Surxon” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Xorazm” — “Qizilqum”

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 18.7-bandida futbolchi va murabbiy uchrashuvdan oldin va keyin boʻladigan flesh intervyuda ishtirok etishi, shuningdek, oʻyindan keyin har bir futbolchi maxsus mikst-zona orqali stadionni tark etishi shart etib belgilangan. Mazkur uchrashuv yakunlangandan soʻng “Xorazm” jamoasi futbolchisi Vladimir Bubanya komissarning mikst-zonada oʻtish boʻyicha talabni bajarmagan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Vladimir Bubanyaga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Navbahor” — “Neftchi”

Superliga 19-turidan oʻrin olgan “Navbahor” — “Neftchi” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Muhsin Ubaydullayev oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Muhsin Ubaydullayevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qoʻqon-1912” — “Surxon”

Superliga 19-turidan oʻrin olgan “Qoʻqon-1912” — “Surxon” uchrashuvining 7-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Asilbek Jumayev, 36-daqiqada esa “Surxon” jamoasi futbolchisi Behzod Shamsiyev hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun sariq kartochka olgan. Ularning har ikkisiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер