NATO Ukrainadan koʻra oʻzining boʻlinishidan koʻproq xavotirda — ekspert

15:53 04 Iyun 2025 Dunyo
204 0

Illyustrativ foto

NATOning navbatdagi sammitida Ukrainaga unchalik eʼtibor berilmaydi, chunki alyans endi oʻz boʻlinishini yengib oʻtishdan koʻproq xavotirda. Bu fikrlarni Rossiya Strategik tadqiqotlar instituti eksperti Sergey Ermakov aytib oʻtdi.

NATO sammiti shu yilning 24-25-iyun kunlari Gaagada boʻlib oʻtadi. Avvalroq “France-Presse” agentligi nomi oshkor etilmagan diplomatga tayanib, NATO ushbu sammitining yakuniy deklaratsiyasini qisqacha bayon qilishga va kelishmovchiliklarni yuzaga keltirmaslik uchun Ukrainaning ehtimoliy aʼzoligini eslatmaslikka harakat qilayotgani haqida xabar bergan edi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, NATOning Gaagadagi sammitida asosiy eʼtibor Ukrainaga emas, alyansga aʼzo davlatlar oʻrtasida mudofaa xarajatlarini oshirish boʻyicha AQSH prezidenti Donald Trampni qanoatlantiruvchi kelishuvga erishishga qaratiladi.

“Endi Mark Ryutte (NATO Bosh kotibi) uchun ustuvorliklar butunlay boshqacha — Ukraina emas, balki alyansning oʻzini saqlab qolish. Eng muhimi, transatlantik aloqalarni mustahkamlash, yaʼni AQSHning NATOdagi ishtiroki, aslida bu tashkilotning ustuni hisoblanadi. Shuning uchun, ular uchun asosiy narsa moliyaviy xarajatlar yukini adolatli, deb ataladigan taqsimotning muhokamasi boʻladi”, — deydi Yermakov.

Uning qayd etishicha, Ukraina masalasida ittifoq mamlakatlari oʻrtasida maʼlum boʻlinish mavjud.

“Birinchi navbatda Sharqiy Yevropa va Boltiqboʻyi davlatlari borki, ular Ukrainani qoʻllab-quvvatlovchi qatʼiy pozitsiyani egallab, bu masalani NATOda ilgari suradi. Bu ittifoqchilarni doimiy ravishda targʻib qilishga, deklaratsiyalarda “Ukraina, albatta, alyansning aʼzosi boʻladi” degan balandparvoz soʻzlarni yozishga undaydi. NATOning boshqa koʻplab mamlakatlari uchun bu masala unchalik dolzarb emas va baʼzi davlatlar odatda Donald Tramp maʼmuriyati pozitsiyasiga qatʼiy yoʻnaltirilgan”, — deydi ekspert.

Shu bois, siyosatshunos bashoratiga koʻra, sammitning yakuniy deklaratsiyasi biroz soddalashtirilgan matnga ega boʻladi.

“Muzokaralar va ularda Trampning ishtirok etishi fonida NATO, albatta, hozir Ukraina muammosiga aralashishni istamaydi. Bu Ukraina NATO kun tartibidan butunlay chiqib ketadi, degani emas. Qolaversa, sammitda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ishtiroki haqida hech qanday fakt yoʻq. Yaʼni maqom tushirilishi mumkin. Bu Zelenskiy oʻrniga Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga qatnashishini anglatadi”, — deya oʻz soʻzini davom ettirgan ekspert.

Yermakov nuqtayi nazariga koʻra, Ryuttening oʻzi biz hozir AQSHni, Trampni qoʻllab-quvvatlashimiz kerak, Vashingtonni gʻazablantirmasligimiz kerak, deb hisoblaydiganlardan biri. Va deklaratsiyaga Ukraina bilan muammoni hal qilishdan koʻra, Xitoy oʻz ittifoqchilari yoki hech boʻlmaganda Rossiya — Xitoy hamkorligi xavfi ortib borayotgani haqidagi bandni kiritish yaxshiroq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер