NATO moliyalashtirgan AQSHning birinchi harbiy yuklari Ukrainaga yoʻl oldi
Foto: AP
NATO davlatlari tomonidan moliyalashtirilgan AQSH harbiy yuklarining birinchi partiyasi Ukrainaga yetkazilmoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi oʻz manbalariga tayanib xabar berdi.
“Ittifoqchilar bilan tuzilgan yangi moliyaviy kelishuv boʻyicha sotib olingan AQSH harbiy texnikasining birinchi joʻnatmalari allaqachon Ukrainaga yetib boryapti”, — deb yozdi nashr.
Qayd etilishicha, bu NATO davlatlari va AQSH oʻrtasidagi Kiyevga yordam boʻyicha kelishuvga muvofiq toʻrtta yordam paketining birinchisidir. Uni shu yilning 16-sentyabr kuni AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati maʼqullagandi.
“Tramp maʼmuriyati tomonidan taqdim etilgan AQSHning Ukrainaga harbiy yordamining birinchi paketi maʼqullandi va Vashington Kiyevga qurol sotishni qayta boshlagani sababli tez orada yetkazilishi mumkin”, — deya yozgandi “Reuters”.
Joriy yilning 24-iyul kuni AQSH prezidenti Vashington va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida kelishuvga erishilgani haqida maʼlum qildi. Unga koʻra Yevropa davlatlari barcha harbiy texnika narxining 100 foizini toʻlaydi. Yevropa Ittifoqi qurollarni oladi va keyin tarqatadi. Trampning taʼkidlashicha, qurollarning katta qismi Ukrainaga ketadi.
“Ular (yevropaliklar – tahr.) bu pulni AQSHdagi bizning mudofaa kompaniyalarimizga sarflaydi. Biz esa (qurol – tahr.) ularga joʻnatamiz, ular esa biz yuborgan jihozlarni tarqatishadi. Ochigʻi, bu uch yil oldin sodir boʻlishi kerak edi”, — degandi oʻshanda Tramp.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring