Nasos stansiyalarini yangilash bo‘yicha Namangan tajribasi ommalashtiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati Chortoq tumanidagi “Ayqiron-1” nasos stansiyasini ko‘zdan kechirdi.
Katta Namangan magistral kanalida joylashgan ushbu nasos orqali 815 gektar yer sug‘oriladi. Lekin agregatlar eskirib ketgani sababli samaradorlik past, isrofgarchilik ko‘p edi. Jumladan, har yili taxminan 6 million kilovatt-soat elektr energiyasi sarflanardi.
Tadbirkor tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida bu yerga energiya tejamkor agregat va zamonaviy uskunalar o‘rnatildi. Yangilangan tizim yiliga qirq foizgacha elektr energiyasini iqtisod qilish imkonini bermoqda.
Tejamkorlik bilan birga yangi nasoslarning suv chiqarish quvvati ham yuqori. Bu esa dalalarni sug‘orish ko‘lamini oshirib, hosildorlikni yaxshilashga xizmat qiladi.
Viloyatda ikki yuzdan ortiq nasos stansiyasi bor. Ulardan 43 tasi “Nammotors suv ta’minot” korxonasiga davlat-xususiy sheriklik asosida 10-yil muddatga boshqaruvga berilgan. Bu jarayonga 40 milliard so‘mlik investitsiya yo‘naltirilgan. Inshootlarga o‘rnatilayotgan nasos agregatlari mahalliylashtirilgan.
Davlatimiz rahbari ikki yil ichida “Ayqiron-1” tajribasi asosida viloyatdagi barcha nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, buni mamlakatning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Faqat texnologiyalarni yangilash bilan cheklanib qolmasdan, ularni malakali boshqarish va to‘g‘ri foydalanish ham muhimligi ta’kidlandi. Ilm va bilim bilan ish yuritilsa, modernizatsiyaning iqtisodiy samarasi yuksaladi. Qishloq xo‘jaligida hosildorlik ortib, oziq-ovqat xavfsizligi va aholi turmush darajasi yaxshilanadi.
Mutasaddilar kelgusida 750 dan ziyod fermer xo‘jaliklariga quyosh panellari orqali ishlaydigan kichik nasoslar hamda tomchilatib sug‘orish tizimlarining joriy etilishi haqida ma’lumot berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring